Hukumat qarori bilan etil spirti va alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish tartibi tasdiqlandi. Nizomga ko‘ra, alkogol mahsulotlarini chet elda ishlab chiqarilgan iste’mol etil spirti hamda texnik etil spirtidan foydalangan holda ishlab chiqarish taqiqlanadi.
Qoraqalpog‘iston va Toshkent viloyatida qo‘lbola alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi. Xususan, Yangiyo‘l tumanida yashirin sex tashkil etgan fuqaroning uyidan “O‘zbegim” nomli qo‘lbola alkogol mahsulotlari va 120 litr spirt ashyoviy dalil sifatida olindi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qo‘mitasi qarori bilan vino, konyak, aroq va boshqa alkogol mahsulotlarining minimal sotish narxlari belgilandi.
Avgustdan alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etiladi. Eski namunadagi aksiz markalaridagi mahsulotlarni 5 oy mobaynida sotishga ruxsat beriladi. 2024-yil 1-noyabrdan eski namunadagi aksiz markasidagi mahsulotlar savdosiga qarshi kurashish boshlanadi.
Qonunchilik palatasi deputatlari qabul qilgan qonun loyihasiga ko‘ra, etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarganlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.
O‘zbekistonda 1-iyundan alkogol mahsulotlari narxini oshirishni ko‘zda tutuvchi loyiha muhokamaga qo‘yildi. So‘nggi marta narxlar 2021-yil dekabrda oshgandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting